Falastin Isroil va AQSh bilan tuzilgan barcha bitimlarni bekor qildi

Falastin rahbari, shuningdek, Isroilni xalqaro hamjamiyat oldida “Falastinning bosib olingan hududidagi istilochi kuch” sifatida javob berishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Falastin Isroil hukumatining o‘ziga Falastin yerlarini qo‘shib olish niyati sababli Isroil va AQSh bilan tuzilgan barcha kelishuvlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qildi. Bu haqda Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos ma’lum qildi.

Qodirov “asr bitimini” musulmon dunyosiga qarshi jinoyat deb atadi

“Falastinni ozod qilish va Falastin davlati bugundan boshlab AQSh va Isroil hukumatlari bilan tuzilgan barcha shartnomalar bo‘yicha, jumladan, xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasidan soqit qiladi”, - deya Abbos so‘zlaridan keltirgan RIA Novosti.

Falastin rahbari, shuningdek, Isroilni xalqaro hamjamiyat oldida “Falastinning bosib olingan hududidagi istilochi kuch” sifatida javob berishga chaqirdi.

Mahmud Abbos Falastinni xalqaro tashkilotlar tarkibiga qo‘shish vaqti kelganini ta’kidlagan.

Abbosning so‘zlariga ko‘ra, Falastin Falastin-Isroil mojarosiga oid muzokaralarga uchinchi tomon vositachiligida qaytishga tayyor.