TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Andrey Belousovni Rossiya bosh vaziri vazifasini ijro etuvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi hujjat o‘z kuchini yo‘qotishini nazarda tutuvchi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu ilgari koronavirusga chalingan Mishustin o‘z vazifasiga qaytayotganini anglatadi.
30 aprel kuni Mixail Mishustin prezident Vladimir Putinga koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qilgan edi.
Putin Mishustin koronavirus bilan kasallangani sabab bosh vazir birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovni uning vazifasini vaqtincha ijro etuvchi sifatida tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi.