Maktab bitiruvchilari attestatni qanday oladi

Xalq ta’limi vazirligi bu yil 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi attestatlarni qanday topshirilishini tushuntirdi.
Sputnik

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi 11-sinf bitiruvchilari bu yil attestatni qanday olishi borasida tushuntirish berdi.

O‘zbekistonda bu yilgi qabul imtihonlari faqat 2 ta fandan bo‘ladi

Qayd etilishicha, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 2019-2020 o‘quv yilidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) yetkaziladi.

Attestat (shahodatnoma) blankalari respublikada karantin muddati tugagunga qadar ta’lim muassasalarida saqlanadi.

Xabarda karanti davri yakunlanganidan so‘ng ular o‘z egalariga topshirilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilinayotgani xabar qilingan edi.