O‘zbekistonda dollar va yevro arzonlashdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7,64 so‘mga arzonlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 19-maydan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7,64 so‘mga arzonlashib, 10 129,56 so‘m tashkil qildi.

O‘zbekistonda dollar va yevro arzonlashdi

Yevro bu hafta 33,60 so‘mga arzonlashdi va 10 955,12 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli biroz pasaygan. Rubl 0,72 so‘mga arzonlashib, 137,54 co‘mni tashkil qildi.