Xitoy COVID-19dan zarar ko‘rgan davlatlarga $ 2 milliard ajratadi – Si Szinpin

XXR COVID-19 epidemiyasi haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini o‘z vaqtida ogohlantirganini xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Dushanba kuni BSSTning 73-Umumjahon assambleyasi videokonferensiya shaklida boshlandi, majlisni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ochib berdi.

Si Szinpin Xitoy koronavirus infeksiyasi tarqalishi haqida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga kerakli hajmda va mutlaq shaffoflik bilan haqida xabar bergan, dedi.

“Xitoy, epidemiologik vaziyat borasida har doim ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik prinsiplari asosida ish tutgan, BSST va boshqa davlatlarni o‘z vaqtida ogohlantirgan va virus genlari ketma-ketligini kechiktirmasdan ochiqlagan”, - dedi Si Szinpin.

Shuningdek, XXR raisi so‘zlarig ko‘ra Xitoy koronavirusni davolash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar dasturi va davolash uslublari haqidagi ma’lumotlar bilan ham ochiqlik bilan bo‘lishgan.

Undan tashqari Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarga koronavirusga qarshi kurashda moddiy yordam ko‘rsatishini ham aytib o‘tdi.

“COVID-19 ga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, Xitoy kelayotgan 2-yil ichida rivojlanayotgan mamlakatlarga koronavirusga qarshi kurash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun 2 milliard dollar  ajatadi” , - dedi XXR raisi.

Shuningdek, Xitoy raisi “Katta yigirmatalik” guruhida eng kambag‘al mamlakatlar kreditlarni to‘lashiga moratoriy kiritishni so‘rab murojaat qilishini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Si Szinpin Afrika davlatlari uchun 30 yordam mexanizmlarini yaratayotganini va shu kunga qadar ushbu kontinentning 50ta davlatiga yordam ko‘rsatganini ta’kidladi.

Xitoy rahbari koronavirusga qarshi  kurashda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh rolni o‘ynash kerakligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

RBK xabariga asosan.