IIV akademiyasi orkestri mashhur Despacito qo‘shig‘i musiqasini ijro etdi – video

YouTubeda 6,7 milliard martadan ziyod ko‘rilgan xit qo‘shiq musiqasi O‘zbekiston IIV akademiyasi orkestri tomonidan jonli ijro etildi.
Sputnik

IIV akademiyasi orkestri xodimlari Luis Fonsining dunyoga mashhur va xit bo‘lib ketgan Despacito qo‘shig‘i musiqasini yangicha talqinda ijro etishdi.

Gruzin ansambli Sevara Nazarxonning xit qo‘shig‘ini o‘zbek tilida kuyladi – video

IIV akademiyasi orkestri sozandalari barcha fuqarolarni uyda qolishga chorlab, yaxshi kayfiyat tilagan.

Ma’lumot uchun: 2017-yilda dunyo yuzini ko‘rgan puertorikalik Luis Fonsining Despacito qo‘shig‘i YouTube’da 6,7 milliard martadan ziyod ko‘rilgan. Qo‘shiq YouTube tarixidagi eng ommabop klip sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. Shuningdek, layk soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.