TOShKENT, 17-may — Sputnik. Xorazm viloyatida soat 17:00 larda kuchli shamol esdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, buning natijasida ayrim korxona, tashkilot va ko‘p qavatli turar joylarning tom qismlarini uchib ketgan.
Xorazmdagi kuchli shamol uylar tomini uchirib ketdi - foto
© FVV matbuot xizmati
Shamol oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3 ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan.
Xorazmdagi kuchli shamol uylar tomini uchirib ketdi - foto
© FVV matbuot xizmati
Hozirda zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.