"O‘lmas polk" yurishiga natsistlar suratini yuborgan fitnachilar aniqlandi

O‘lmas polk yurishi onlayn tartibda 9-may kuni o‘tkazilgandi. Yovuz niyatli kimsalar Gitler, SS reyxsfureri Gimmler va Nyurnberg tribunalida mahkamaga tortilgan boshqa natsist-jinoyatchilarni polk ishtirokchilari sifatida turli nomlar ostida joylagan.
Sputnik

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi natsist jinoyatchilari fotosuratlarini "O‘lmas polk" onlayn yurishi o‘tkaziladigan saytga kim joylaganini aniqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti idora rasmiy vakili Svetlana Petrenkoga tayangan holda.

Dunyo qahramonlari “O‘lmas polk” onlayn marshi safida Qizil maydondan o‘tadi

Ilgariroq berilgan xabarlarga ko‘ra, "O‘lmas polk - onlayn" tashkilotchilari halok bo‘lganlarning xotirasini bulg‘ashga urinish harakatlariga duch kelishgan. Ayrim ishtirokchilar veteranlar fotosuratlari o‘rniga natsist Germaniyasining ideologlari, peshvolari va ofitserlari suratlarini yo‘lladilar.

Yovuz niyatli kimsalar Gitler, SS reyxsfureri Gimmler va Nyurnberg tribunalida sud qilingan boshqa natsist jinoyatchilari fotosuratlarini turli nomlar ostida joylaganlar. Hujumlar 500dan ziyod IP-manzillardan bir necha soat davomida amalga oshirilgan va bu holat ularning qasddan rejalashtirilganini ko‘rsatadi. Fitnachilar haqidagi ma’lumotlar RF Tergov qo‘mitasiga yuborilgan.

TQ ma’lumotlariga ko‘ra, noto‘g‘ri axborotni joylashga urinishlar amalga oshirilgan IP-manzillar, shuningdek, ularning egalari aniqlangan.

Rossiyaning Birinchi kanalida Toshkentda o‘tkazilgan "O‘lmas polk" namoyish etildi

"Huquqbuzarlik harakatlari o‘nlab, asosan chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi. Shuningdek, "O‘lmas polk" aksiyasi davomida natsizmni reabilitatsiya qilishda gumonlanayotganlar orasida mamlakatimizning turli regionlaridan 10dan ziyod rossiyaliklar borligi aniqlangan", - dedi Petrenko.

Idora fikriga ko‘ra, ushbu harakatlar natsist rejimi jinoyatlarini oqlash ramzi sifatida amalga oshirilgan. Tergov ishlari davom etmoqda, aniqlangan shaxslar qidirilmoqda.

"O‘lmas polk" onlayn yurishi 9-may kuni o‘tkazildi. Aksiyaga talab kattaligi ma’lum bo‘ldi — onlayn-yurishda ishtirok etish istagida bo‘lganlardan 3 millionga yaqin arizalar kelib tushdi.