Koreyadagi zavod portlashi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarosi yo‘q - TIV

Koreyadagi Kongnam provinsiyasi rasmiy organlari TIVga vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini tasdiqlagan
Sputnik

TOShKENT, 16-may - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi OAVlarda tarqalgan Koreyadagi zavodlarning birida uz bergan portlash natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

Turkiyada og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarga oziq-ovqat masalasida yordam beriladi

"O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020-yil 15-may kuni Kongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, elchixona konsullik bo‘limi xodimi voqea joyiga tashrif buyurib, vaziyatni o‘rgangan.

 Haman tumani (Kongnam provinsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa o‘rnatilgani aytilmoqda. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini tasdiqlagan.