Xalqaro migratsiya tashkiloti ishsiz qolgan migrantlar uchun 7 million dollar so‘radi

Xalqaro migratsiya tashkiloti migrantlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Birlashgan millatlar tashkilotidan 7 million dollar mablag‘ so‘radi
Sputnik

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi jahon inqirozi katalizatoriga aylandi, bu tufayli sobiq ittifoq davlatlari hududida holat murakkablashdi, deyiladi BMT saytida e’lon qilingan Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bayonotida.

Hech kim migrantlardan Rossiyani tark etishni talab qilayotgani yo‘q - Lavrov

Koronavirus va ko‘rilgan karantin choralari tufayli migrantlar daromadsiz qolishmoqda va o‘z oilalarini ta’minlay olmayaptilar. Shu bilan bir vaqtda migrantlarning bir qismi Rossiyadan vataniga qayta olmagan.

Moskvada migrantlar vaqtincha patent to‘lovini to‘lamasdan ishlashi mumkin >>>

XMT ushbu holatni "jiddiy inqiroz", deb atagan va bu migrantlar orasida jinoyatchilik darajasini oshirishi mumkinligini yoki ularning biznesning nolegal turlariga o‘tib ketishlari xavfini oshirishini ta’kidlab o‘tgan.

Migrantlarga eslatma: koronavirusni yuqtirganda nima qilish kerak? >>>

XMT vakillari Tojikiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston ekspertlari bilan ushbu holatni tartibga solish choralari haqida muhokama o‘tkazdilar. Muzokaralar yakuni bo‘yicha XMT BMTlan migrantlarga yordam uchun 7 million dollar so‘radi.

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash xizmati ishga tushdi >>>

Xalqaro migratsiya tashkiloti izohiga ko‘ra, so‘ralgan va hali olinmagan 7 million dollar hukumatlar va ishsiz qolgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadlarida sarflanadi.