O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi

Oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni oshayotgani tufayli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda karantin tartibi 1-iyunga qadar uzaytirildi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston hududida koronavirus bo‘yicha karantin 1-iyunga qadar uzaytirildi, bu haqida Koronavirus-Infro telegram kanali xabar qilmoqda. 

"Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirildi",- deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 13 may kuni o‘tkazilgan prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Respublikada epidemiologik vaziyat hali to‘liq iziga tushmagani, joylarda berilgan erkinliklar tufayli aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz ko‘chalarni to‘ldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi aytib o‘tilgan edi. Ushbu holatlar tufayli oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani qayd etilgan edi.