O‘zbek diplomatlari Moskva shifokorlariga osh tarqatishdi

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi shifokorlar va charter parvozlarini kutayotgan vatandoshlar uchun "Rahmat!" xayriya aksiyasini tashkil qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may - Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi diplomatik vakolatxonalari 14-may kuni vatandoshlar ko‘magi bilan ikkita katta qozonda palov tayyorlab, "Rahmat!" xayriya tadbirini o‘tkazdilar. 

  • "Hayotni saqlab qolganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida mazali taomlarning bir qismi Moskvadagi turli tibbiyot muassasalarida ishlaydigan ko‘plab shifokorlarga topshirildi.
  • "O‘z-o‘zini yakkalash tartibiga amal qilganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida ayni Rossiya poytaxtidagi yotoqxonalarida O‘zbekistonga charter parvozlarni kutayotgan o‘zbekistonliklarga ham sovg‘a qilindi.

Ta’kidlash joizki, qabul qiluvchilar orasida hozirda COVID-19 infeksiyasidan aziyat chekayotganlar ham bor. Ular Rossiya rasmiylarining ko‘rsatmalariga ko‘ra, izolyatsiya holatida, shifokorlar nazorati ostida ambulatoriya sharoitida davolanishmoqda.

O‘zbek diplomatlari Moskva shifokorlariga osh tarqatishdi

Ushbu aksiya O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning vatandoshlarimizga ko‘maklashish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” tashabbusi doirasida O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan olib borilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi. tadbir doirasida har kuni mehnat muhojirlari, talabalar va boshqa vatandoshlarga oziq-ovqat, dori-darmon va gigiyena vositalari bilan ta’minlanmoqda.

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari tegishli homiylarga va barcha sheriklarga koronavirus infeksiyasiga qarshi birgalikda kurashda ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiradilar.

O‘zbek diplomatlari Moskva shifokorlariga osh tarqatishdi