TOShKENT, 15-may - Sputnik. 18-maydan boshlab O‘zbekiston hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi karantin choralarini yumshatish doirasida Toshkent va mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi transport bog‘lanmalarini tiklaydi. Respublika maxsus komissiyasi xabariga asosan.
2020 yil 18-may kunidan boshlab quyidagi shaharlararo qatnovlarga ruxsat beriladi:
- Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;
- Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovini (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yish.
Shu bilan birga avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Avvalroq, Maxsus komissiya respublikada karantin rejimining 1-iyungacha uzaytirilishini e’lon qildi, ammo ba’zi cheklovlar olib tashlandi.