Samaradagi observatsiya lageridan birinchi video

Samara viloyati hukumati chegara yaqinida to‘planib qolgan 600dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri"dan birinchi videolavha.
Sputnik

Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegarasi yaqinida to‘planib qolgan 600dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri" tashkillashtirildi, deya xabar berdi Samara viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Samarada to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolari uchun observatsiya lageri tashkil qilindi

Ma’lum bo‘lishicha 600ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda, 11-maydan boshlab chegaralar ochilishi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonib Samara viloyati, Bolshechnerigovskiy tumanidagi Qozog‘iston bilan chegara hududiga etib borgan. Lekin chegaralar haligacha ochilgani yo‘q.

Kecha 14-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlari vazirligi ushbu vaziyat yuzasida Respublika maxsus komissiyasiga xabar berganini va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatganini xabar qilgan edi. Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti chegara yaqinda kutayotgan fuqarolarni maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

*Observatsiya lageri - epidemiologik xavfli hududdan kelgan fuqarolarning harakatlanishini cheklash va ularni tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tashkil qilingan, chegaralangan hudud.