TOShKENT, 15-may - Sputnik, Lev Rijkov.Sputnik migrant o‘zida yangi koronavirus infeksiyasi borligini sezgan taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligini o‘rgandi.
Qayerga murojaat qilish kerak?
Agar sizda yo‘tal boshlangan bo‘lsa, o‘zingizni yomon his qilsangiz, isitmangiz ko‘tarilib ko‘kragingizda og‘irlik va noqulaylik hissi paydo bo‘lsa, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashash joyingizdagi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Koronavirus markazining telefon raqamini yoki manzilini qanday aniqlash mumkin? "Yandeks", "Gugl" yoki boshqa har qanday qidiruv tizimida so‘rov kiriting: "Koronavirusniy sentr" (Koronavirus markazi - Sputnik.). Siz yashaydigan joyga yaqin metro bekati yoki ko‘changiz nomini kiriting. Masalan, Moskvada koronavirus markazlari har bir tuman poliklinikasida tashkil etilgan.
Agar sizning ahvolingiz tez yomonlashsa, tez yordam chaqiring. Operator e’tiborini odatdagi emas, balki koronavirus tez yordamiga muhtoj ekanligingizga qaratishingiz kerak. Oddiy tez yordam mashinasi sizni kasalxonaga olib ketmaydi, chunki uni bunga haqqi yo‘q. Biroq, operatorning sizga yordam berishdan bosh tortishga haqqi yo‘q. Fuqarolik yoki tibbiy sug‘urta polisi bor-yo‘qligi tibbiy yordamni rad etishga sabab emas.
Agar eng yaqin koronavirus markaziga o‘zingiz yetib borishga qaror qilsangiz, unda u yerga kirish joyi, qoida bo‘yicha, poliklinikaning umumiy kirish joyidan alohida joylashganini yodizda tursin. Ammo uyga shifokorlarni chaqirish afzaroqdir.
Koronavirus markazida sizda o‘pkaning kompyuter tomografiyasi o‘tkazilishi shart. Bu fuqaroligi, ro‘yxatdan o‘tganligi va majburiy yoki ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polislari mavjudligidan qat’i nazar, bepul amalga oshiriladi. Agar sizda polis bo‘lsa, unda sizga kerakli dorilar to‘plami bepul beriladi. Agar polis bo‘lmasa, unda ularga retsept yozib berishadi.
Koronavirus markazida migrant eng muhim hujjat - o‘z-o‘zini yakkalash to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olishi shart, bu bir qator imtiyozlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular mavjud.
Bemorning huquq va majburiyatlari
Keyin, o‘z-o‘zini yakkalash ma’lumotnomani telefoningizga suratga olib WhatsApp messendjeri orqali migrantlarning Yagona koronavirus markaziga yuborishingiz kerak. Ushbu fotosurat asosida Migrantlar federatsiyasi tomonidan sizga ikki haftalik oziq-ovqat to‘plami va kerak bo‘lsa dori-darmonlarni taqdim etadi. Bularning barchasini markazning ko‘ngillilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyingiz ostonasiga yetkazib berishadi.
Agar siz kvartirada, yotoqxona yoki hostelda yolg‘iz yashamasangiz, unda sizning oila a’zolaringiz va qo‘shnilaringiz ham o‘z-o‘zini yakkalashga o‘tadilar, chunki hujjatlarga ko‘ra sizning yashash joyingiz ro‘yxatdan infeksiyaning o‘chog‘i sifatida o‘tadi. Ijobiy tomoni: sizning qo‘shnilaringiz va oila a’zolaringiz ham oziq-ovqat to‘plamiga ega bo‘ladilar. Xuddi shunday ikki haftalik.
Muhim: koronamarkazda siz hech kimga hech narsa to‘lamaysiz. Shifokor qabuli, kompyuter tomografiyasi va dori-darmonlar bepul. Shuningdek, hududiy shifokorning uyingizga tashrifi ham bepul.
Ko‘plab migrantlar agar koronavirus infeksiyasi tashxisi tasdiqlansa, ular ishdan bo‘shatilishidan yoki yashash joyini bo‘shatib qo‘yishni talab qilishlaridan yoki barchasini birga ro‘y berishidan qo‘rqishadi. Qonun bo‘yicha hech kim kasal odamlarni uyidan chiqarib yuborishga yoki ishdan bo‘shatishga haqli emas. Agar siz ishga rasmiy ravishda joylashgan bo‘lsangiz va sizda uy-joyning ijarasi shartnomasi bo‘lsa, hech kim sizga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga haqli emas.
Shifokorga borishdan qochishning hojati yo‘q, chunki siz qonun bilan belgilangan test sinovlaridan o‘tasiz. Agar tashxis tasdiqlansa, testlar uch marta va bepul o‘tkaziladi.
Shuni yodda tutingki, endi ko‘plab ish beruvchilar koronavirus testining natijalarisiz migrantlarni yollashmayapti. Tijoriy asosida ushbu test sinovlaridan bir marotaba o‘tish narxi 1900 dan 2400 rublgacha.
Bundan tashqari, koronamarkazda kompyuter tomografiyasi natijalariga ko‘ra, shifokorlar kasallikning og‘irligini aniqlaydilar. Tadqiqot natijalariga qarab, qayerda davolanishingiz to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. COVID-19 virusi bilan kasallanish og‘irligining uch darajasi mavjud. Birinchi va ikkinchisida sizni uyda o‘z-o‘zini yakkalash sharoitida davolashadi. Uchinchi, eng qiyin bosqichda, siz fuqaroligingiz yoki ro‘yxatdan o‘tganligingizdan qat’iy nazar kasalxonaga yotqizilasiz.
Agar siz sun’iy nafas olish uskunasiga ulanishingiz kerak bo‘lsa, unda bu faqat shifoxonada amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek u ham fuqaroligidan qat’i nazar, mutlaqo bepul amalga oshiriladi.