Turkiya xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshirish qoidalarini o‘zgartirdi

Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Turkiya o‘zbek mahsulotlarining to‘siqsiz tranziti uchun qulay sharoit yaratishni ko‘rib chiqadi

Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) “Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)”, “Istanbul-Chernomorsk”, “Karasuk-Chernomorsk”, “Konstanta-Karasu”, “Tashuju-Tripoli” va “Mersin-Hayfa” yo‘nalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida bo‘lishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar/tirkamalar qabul qilingan).

Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.