Toshkent viloyatida SSSR Qahramoni Poletayev xotirasiga yodgorlik tiklandi

Fedor Poletayev – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, Italiya qarshilik harakatining a’zosi, Italiyadagi eng yuqori va eng sharafli mukofot - "Harbiy qahramonligi uchun" oltin medali bilan taqdirlangan yagona chet ellik. Bugun u dunyoga kelganiga 111-yil to‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Toshkent viloyati Krasnogorsk qishlog‘ida SSSR Qahramoni, Italiya milliy qahramoni Fedor Poletayev xotirasiga qayta tiklangan yodgorlik ochildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.

“9 may, G‘alaba kunida Toshkent viloyatining Krasnogorsk qishlog‘ida Sovet qahramoni Fedor Poletayevning qayta tiklangan haykali ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi", - deyiladi elchixonaning Facebook’dagi sahifasida.

Fedor Poletayev haykali, 1972-yilda Krasnogorskda ochilgan. Ammo 2014-yilda, mahalliy hokimiyat qarori bilan u olib tashlangandi. Sababi - yodgorlik avariya holatida bo‘lgan edi.

Toshkent viloyatida SSSR Qahramoni Poletayev xotirasiga yodgorlik tiklandi

2020 yil fevral oyi boshida Razan viloyati gubernatori Nikolay Lyubimov (Poletayev - Razan viloyatida tug‘ilgan - tah.) O‘zbekiston hukumatidan Sovet Ittifoqi Qahramoniga "Poletayev xotirasi barcha mamlakatlarda yashashi uchun" yodgorlikni tiklashni so‘ragandi.

Bir necha kundan keyin Angren shahar hokimligi matbuot xizmati (Krasnogorsk bu shahar hokimiyatiga tegishli) Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75-yilligi nishonlanishi munosabati bilan yodgorlik qayta tiklanishi haqida xabar berdi.  

Bustni tiklashda haykaltarosh R.Rahmatov va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti kafedra mudiri R.Xo‘janiyozov ishtirok etishdi.