Rossiyada migrantlar orasida jinoyatlar soni kamaydi

Migrantlar orasida jinoyatlar soni 1,2 foizga kamaydi. Asosan qotillik, talonchilik, bosqinchilik va o‘g‘rilik jinoyatlari kamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi davrida migrantlar orasida jinoyatlar soni kamaydi, deb xabar qildi Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish charter reyslari jadvali to‘ldirildi

Shuningdek, ko‘cha jinoyatlari 7,1 foizga kamaydi.

"Ba’zi ekspertlar joriy etilgan cheklov choralar ko‘chada, xususan, migrantlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar sonini ko‘paytirishi mumkin, deya xavotir bildirgandi. Bu bashoratlar amalga oshmadi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, migrantlar orasidagi jinoyatlar soni 1,2 foizga kamaydi. Xususan, qotilliklar soni 2 foizga, bosqinchilik 8,1 foizga, talonchilik 9,4 foizga, o‘g‘irlik 5,5 foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva meri Sergey Sobanin 12-may kuni Rossiya poytaxtida qurilish va ko‘plab sanoat korxonalarining ishga tushirilishi migrantlar orasida jinoyatchilikni ko‘paytirish muammosini hal qilishga yordam berishini aytgandi, chunki ishsiz qolganlar yana ishlashni boshlashlari mumkin. Moskva huquq-tartibot organ xodimlari xizmatni kuchaytirgan tartibda olib bormoqda.