OAV: Xabib Nurmagomedovning otasi komada

Axborot agentliklari yozishicha, erkakning sog‘lig‘i pnevmoniya fonida og‘irlasha boshlagan: tromb hosil bo‘lgan, gipertonik kriz esa insultga olib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov insultni boshdan kechirdi va ayni damda koma holatida qolmoqda, deb xabar berdi "Match TV".

Vladimir Putin Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi

"Men Xabib bilan shu kunlarda muloqot qildim, uning aytishicha, Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli og‘ir. U Dog‘istonda bo‘lganida men Xabibning otasi bilan suhbatda bo‘lganman. U hammasi normal ekanligini aytgan edi. Lekin keyin negadir ahvoli og‘irlashdi, uni Moskvaga olib borishga to‘g‘ri keldi. Hozirda ahvoli og‘ir", — deb aytgan aralash jang jangchisi Islam Maxachev Instagram to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida.

OAVlarning yozishicha, erkakning sog‘lig‘i pnevmoniya fonida og‘irlasha boshlagan: tromb hosil bo‘lgan, gipertonik kriz esa insultga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 57 yoshda. U Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy va nafaqat o‘g‘li, balki bir qator mashhur rossiyalik UFC jangchilari bilan ishlaydi.