O‘zbekistonda yangi DSQ rahbari va bosh vazir o‘rinbosari tayinlanishi kutilmoqda

Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasining raisi va Behzod Musayev esa bosh vazirning o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda. Ularning nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi, Behzod Musayev esa bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlashini kutilmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov o‘zining telegram kanalida ma’lum qilishicha, deputatlar bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga shu paytgacha Davlat soliq qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Behzod Musayev nomzodini ma’qullangan.

O‘zbekistonda yangi DSQ rahbari va bosh vazir o‘rinbosari tayinlanishi kutilmoqda

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining raisi lavozimiga shu paytgacha O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan Sherzod Kudbiyev nomzodi ma’qullangan.

O‘zbekistonda yangi DSQ rahbari va bosh vazir o‘rinbosari tayinlanishi kutilmoqda

Qonunchilikka ko‘ra, parlament tomonidan ma’qullangan hukumat a’zosi nomzodi O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.