O‘zbekistonda oltita bank xususiylashtiriladi - prezident farmoni

Hujjatga ko‘ra, 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga xorijiy investorlar jalb qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilingan.

Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 15 % darajasida belgilandi

Hujjatga ko‘ra, asosiy o‘zgarishlar:

Davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasi hozirgi 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshiriladi. 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga xorijiy investorlar jalb qilinadi.

"Ipoteka-bank", "O‘zsanoatqurilishbank", "Asaka" banki, "Aloqabank", "Qishloq qurilish bank" va "Turonbank" dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi (sotiladi).

"Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki", "Agrobank" va "Mikrokreditbank" ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.

Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.