Zarafshondagi sel sabab 300 kishi evakuatsiya qilindi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Jizzax viloyatida 10 yashar qizni sel oqizib ketdi

Qayd etilishicha, sel  13-may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolingan.