Masnikov koronavirus haqidagi yangi afsonani yo‘qqa chiqardi

Shifokor “o‘lim inyeksiyalari” va koronavirusga test bahonasida “chiplash” to‘g‘risidagi xabarlarni quruq safsata deb atadi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Shifokor Aleksandr Masnikov “o‘lim inyeksiyalari” va koronavirusga test bahonasida “chiplash” to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quruq safsata deb atadi.

“Go‘yoki politsiya xodimlari va shifokorlar yurib, odamlarni asta-sekin o‘ldiradigan emlashlarni amalga oshirmoqdalar. Bu ma’lumotni rad etishga to‘g‘ri keldi”, - dedi shifokor.

Masnikovning ta’kidlashicha, bu go‘yoki COVID-19 bilan kasallanganlar tanasini organlarga sotilayotganligi haqidagi ma’lumot kabi yolg‘ondir.

Koronavirusga qarshi dorining chiqarilishi sanasi aytildi

“Hech kim uyma-uy yurmayapti. Agar, misol uchun, virus yuqtirib olgan kishi bilan muloqotda bo‘lganingiz tufayli test o‘tkazish zaruriyati paydo bo‘lsa, bu haqda sizni albatta ogohlantirishadi”, -  deya Masnikov so‘zlaridan keltirgan RIA Novosti.

Mutaxassis bemor sifatida biror tanishning ismi aytilsa, unga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumotni aniqlashtirishni tavsiya qiladi.

“Nima bo‘lgan taqdirda ham siz shunchaki eshikni ochmaslik huquqiga egasiz. U yerda o‘zga sayyoraliklar yoki shprisli qotillar bormi", - deya xulosa qildi Masnikov.

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 242 271 ta holat aniqlangan. 48 003 kishi tuzalib ketgan. Jami 2212 ta o‘lim holati qayd etilgan.