Koronavirusga qarshi dorining chiqarilishi sanasi aytildi

Dorining yaratilishi antitanachalarni sun’iy yo‘l bilan qo‘shish orqali immunitetga kasallikka qarshi kurashishda yordam berishga asoslangan
Sputnik

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Dunyoda koronavirusga qarshi dori kuzga kelib paydo bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida virusolog, MFTIning genom injeneriyasi laboratoriyasi rahbari Pavel Volchkov ma’lum qilgan.

ShHT mamlakatlari koronavirus pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikni muhokama qiladilar

Olimning so‘zlariga ko‘ra, gap Regeneron Pharmaceuticals olimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan preparat haqida bormoqda. Uning yaratilishi antitanachalarni sun’iy yo‘l orqali qo‘shish orqali immunitetga kasallikka qarshi kurashishda yordam berishga asoslangan.

Aytilishicha, dori vositasi kuzga kelib ishlab chiqarila boshlaydi. Volchkovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda koronavirusni samarali yo‘q qila oladigan birorta dori vositasi mavjud emas.

Boshqa viruslarga qarshi ishlab chiqarilgan preparatlar SARS-CoV-2ga qarshi samarasiz ekanligi aniqlandi, ular davolash o‘rniga ko‘proq "salbiy ta’sir" ko‘rsatar edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda jahonda koronavirusga chalinganlar soni 4,3 milliondan oshgan.