Facebook yana Ramzan Qodirovning instagram akkauntini blokladi

Facebook vakili Ramzan Qodirovning instagramdagi akkaunti nima sababdan o‘chirilgani yuzasidan izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga nisbatan sanksiyalar tufayli uning instagramdagi akkaunti o‘chirildi. Bu haqda RIA Novosti’ga  Facebook vakili ma’lum qildi.

“Amerika kompaniyasi sifatida biz AQSh sanksiyalar qonunchiligi doirasida harakat qilmoqdamiz va o‘z huquqiy majburiyatimizni bajarish uchun choralarni doimiy ravishda qo‘llamoqdamiz”, - dedi suhbatdosh.

Qodirovning akkaunti 2017-yilda bloklangandi. O‘sha vaqtda Checheniston rahbari AQShda yuz minglab yoshlar uning postlarini faol ravishda o‘qiyotganidan AQSh Davlat departamenti va maxsus xizmatlar tashfishda ekanligini aytgandi.