TOShKENT, 13-may - Sputnik. Kecha 12-may kuni YeOII davlatlarining sanitar-epidemiologik xizmatlari rahbarlari kengashi videokonferensiya tartibida bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Ittifoq mamlakatlarida koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan choralar muhokama qilindi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rospotrebnadzor rahbarligida bo‘lib o‘tgan anjumanga O‘zbekiston sanitar-epidemiologik nazorati xizmati rahbariyati ham taklif qilindi.
"Anjuman ishtirokchilari YeOII hududida COVID-19 bilan bog‘liq bugungi kundagi vaziyatni muhokama qilishdi. Koronavirus simptomsiz kechayotgan holatlar ko‘p qayd etilayotgani ham alohida aytib o‘tildi va ushbu fakt Ittifoq mamlakatlarida sanitar-epidemiologik xizmatlar yaxshi ishlayotganidan hamda YeOII aholisi orasida COVID-19 testlari keng ko‘lamda o‘tkazilayotganidan darak berishi alohida qayd etildi", - deyilgan xabarda.
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiya hukumati topshirig‘iga asosan tayyorlangan, koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlarni olib tashlashga asos bo‘ladigan muhim ko‘rsatgichlar haqida batafsil aytib berdi.
YeOII davlatlari va O‘zbekiston o‘z hududida kiritilgan karantin cheklovlarini olib tashlashga qo‘yilgan talablar haqida aytib berdi. Umuman olganda ushbu talablar bosqichma-bosqich, alohida hududlardagi vaziyatdan kelib chiqqan holda va doimiy baholash asosida olib tashlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek Kengash EOII hududida koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralar majmuasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqildi. Undan tashqari, doimiy ravishda aholi orasida test sinovlar o‘tkazish maqsadida ayrim davlatlar Rossiyaga qo‘shimcha test-tizimlari va reagentlar berishni so‘rab murojaat qilishdi.