Tramp jurnalistlar bilan aytishuvdan so‘ng matbuot-anjumanini to‘xtatdi

Nihoyat prezidentdan odamlar vafot etishda davom etayotgan bir vaqtda u nega AQShda o‘tkazilayotgan testlar haqida gapirayotganini so‘rashdi. Tramp bunga keskin ohangda: "Buni mendan emas, Xitoydan so‘rang", deya javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 12-may - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan navbatdagi aytishuvdan so‘ng matbuot-anjumanini to‘xtatdi.

AQSh Xitoyda “ho‘l bozorlar”ni yopishga chaqirdi

Oq uy rahbari dushanba kuni matbuot bilan muloqot qildi va o‘z chiqishi davomida AQSh koronavirusni aniqlash uchun boshqa har qanday davlatga qaraganda ko‘proq test qilgani haqidagi faktni reklama qilib o‘tdi. Ammo jurnalistlar prezidentga yoqmaydigan savollarni beraverdilar. Tramp ularga keskin javob qaytardi. Xususan, jurnalistlarning biriga u: "men sizni juda yaxshi tushunaman, hatto sizning o‘zingizdanda yaxshiroq tushunaman", dedi.

Nihoyat prezidentdan odamlar vafot etishda davom etayotgan bir vaqtda u nega AQShda o‘tkazilayotgan testlar haqida gapirayotganini so‘rashdi. Tramp bunga keskin ohangda: "Buni mendan emas, Xitoydan so‘rang", deya javob berdi. So‘ngra u berilgan savolni "jirkanch", deya ta’rifladi va bu o‘z navbatida jurnalistni quyushqondan chiqardi.

Tramp keyingi berilgan savolga javob berishdan bosh tortdi va shundan so‘ng matbuot-anjumanini to‘xtatdi.

Tramp ilgarilari kunlik brifinglar o‘tkazilar va ularda matbuot bilan tortishular ro‘y berar edi, so‘ngra omma oldida jurnalistlarning negativ munosabati sharoitida bu ishlarni amalga oshirish to‘g‘riligiga shubha bildirdi. Oxirgi ikki haftada vaqti-vaqti bilan ko‘rinish berar, ammo uning matbuot-kotibi Keyli Makinani o‘zi alohida brifinglar tashkil eta boshladi. Bu Oq uyda so‘nggi ikki yilda qayta tiklangan an’anadir.