Toshkentda Beelinening 90dan ortiq xodimi karantinga joylashtirildi

Ayni damda Yuqorichirchiq tumanidaga karantin majmuasida Bilayn kompaniyasi xodimlari va boshqa fuqarolar joylashtirilgan. 
Sputnik

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Beeline Uzbekistan kompaniyasining 91 nafar xodimi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidaga karantin majmuasiga joylashtirilgan, deb xabar qildi Koronavirus Info telegram kanali. 

Yuqori Chirchiqdagi karantin poligoniga quyidagilar joylashtirilgan:

  • "Bilayn" kompaniyasining 91 nafar ishchisi;
  • "Seul –Toshkent" charter reysidan 127 nafar fuqaro;
  • "G‘ishtko‘prik" chegara postidan o‘tgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari;
  • Parkent tumanidan uy karantinida bo‘lgan 45 nafar fuqaro.

Bugungi kun holatida Toshkent viloyati bo‘yicha statsionar karantinga joylashtirilgan fuqarolarning jami soni 7544 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan karantin majmuasida 6384 fuqaro, qolganlar tumanlar infeksion shifoxonalarida va TTBlarda. 

Shuningdek, uy sharoitida karantingan olingan fuqarolar soni 6520 nafarni, bunda xonadonlar soni 1203 ta, oilalar soni esa 1297 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2 486 kishini tashkil qilgan. Undan to‘liq tuzalib ketgan fuqarolar soni 1 988 kishini, vafot etganlar soni 10 kishini tashkil qilmoqda.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4,1 mln kishidan oshgan. Vafot etganlar soni 284 mingdan ortiq.