Sirdaryodagi toshqindan zarar ko‘rgan uylarda gaz ta’minoti to‘liq tiklandi

Bugungi kunga qadar 8 850 ta uyga gaz ta’minoti to‘liq tiklandi, yana 5 195 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi.
Sputnik

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati tumanlarida suv toshqini oqibatida uzilgan gaz ta’minotini tiklash bo‘yicha Energetika vazirligi va "Sirdaryo hududgaz" MChJ tomonidan maxsus shtab tashkil etildi.

Sirdaryoda topilgan tilla va pullar o‘z egalariga qaytarilmoqda

Bugungi kunga qadar 8 850 ta uyga gaz ta’minoti to‘liq tiklandi. Ulardan Oqoltin tumanida 3950 ta, Sardoba 3100 ta, Mirzaobod tumanida 1800 tasi joylashgan.

Bundan tashqari, 5 195 xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi, shu jumladan Sardobada 2195, Oqoltin 1224, Mirzaobod tumanlarida 1776.

Talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.