10 may kuni Tojikiston poytaxtida 5 balli zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Vahdat shahri atrofida bo‘lgan.
Bungacha, 9-may kuni seysmologlar Xitoyda 4,2 balli zilzilani qayd etdilar. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham ozgina sezildi.
Zavyalovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda biron bir eslatma pandemiya paytida zilzilada nima qilish kerakligini ko‘rsatmagan.
“Odatdagidek harakat qilish kerak. Chunki bu yerda zilzila muhimroq hodisa hisolanadi, vayron bo‘lishi va bosib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli narsalardanqochish kerak”, - dedi ekspert Sputnik Tojikistonga.
Bunday vaziyatlarda infeksiyadan himoyalanish choralari haqida esda tutish qiyin.
"Shu vaqtda niqob va qo‘lqop kiyish kerakmi yoki yo‘qmi haqida fikr kelmaydi. Agar kimdir evakuatsiya paytida niqob kiysa, yaxshi, ammo ijtimoiy masofani saqlash qiyin bo‘ladi", - deydi ekspert.