Afg‘oniston maxsus xizmatlari IDning Janubiy Osiyo bo‘limi yetakchisini qo‘lga oldi

"Islom davlati" terrorchilik guruhining Janubiy Osiyo va Uzoq Sharq bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi rahbari Abu Umar Xurosoniy Qobul tumanlarining birida ikki sherigi bilan qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Afg‘oniston maxsus xizmatlari "Islom davlati" terrorchilik guruhining Janubiy Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbarini hibsga oldi, deb xabar beradi TOLO News telekanali Milliy xavfsizlik boshqarmasi va mamlakat politsiyasining qo‘shma bayonotiga tayanib.

Erim jang qilayotganda unga farzandlar tug‘ib berdim: ID* terrorchisi ayolining dil izhorlari

Ta’kidlanishicha, Abu Umar Xurosoniy ikki sherigi bilan birga Qobul tumanlaridan birida qo‘lga olingan - Soxib ismli shaxs bo‘linma "matbuot-kotibi" sifatida ishlagan, Abu Ali esa razvedkasini boshqargan.

Bayonotga ko‘ra, Xurosoniyni hibsga olish bo‘yicha operatsiya oldinroq xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan to‘rt nafar ID jangarilarining iqror ko‘rsatmalari tufayli amalga oshirilgan.

Aprel oyining boshida Afg‘oniston huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari ID mintaqadagi rahbari Aslam Farukiyning hibsga olingani haqida xabar berishgan.