Rossiyada COVID-19dan o‘lim holatlari boshqa davlatlarga qaraganda 7,4 baravar past

Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyo umumiy ko‘rsatkichiga qaraganda 7,4 baravar past.
Sputnik

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiyada koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyo umumiy ko‘rsatkichiga qaraganda 7,4 baravar past. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova sanitariya-epidemiologik vaziyat masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

O‘zbekistonda koronavirus: bugungi kun asosiy xabarlari

"Shuni ta’kidlashni istardimki, yuqtirganlar tarkibidagi pnevmoniya ulushining 25 foizdan 20,6 foizga pasaydi, kasallik kunidan kasalxonaga yotqizilish davrini deyarli to‘qqiz baravarga qisqardi, bu o‘sish sur’ati  aytganimdek, 2,6 marta - o‘lim darajasining past bo‘lishiga imkon berdi ", - dedi u.

Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, biroq bundan tinchlanish kerak emas: kasal bo‘lish darajasi ham pasayishi uchun harakat qilish kerak. Bundan tashqari, koronavirusning tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarga qat’iy rioya qilish - cheklov rejimidan tezroq chiqib ketish kafolati bo‘ladi.

Koronavirus pandemiyasi

COVID-19 kasalligini qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV-2 koronavirusi 187 ta davlatga kirib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,9 million ziyod kishi yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, 274 ming kishi vafot etdi.

Jons Xopkins (AQSh) universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus tasdiqlangan holatlar soni 4,1 milliondan oshdi, 282 728 bemor vafot etdi, 1,4 million kishi sog‘aydi. AQSh yuqtirib olganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda qolmoqda.