Xitoy Ikkinchi jahon urushi tarixi qayta ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

XXR raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan falokat bo‘lganini, Rossiya va Xitoy G‘alaba va insoniyat omonligi uchun ulkan hissa qo‘shganliklarini ta’kidlagan edi
Sputnik

TOShKENT, 11-may - Sputnik. Xitoy Ikkinchi jahon urushi tarixi qayta ko‘chirilishiga qarshi va Rossiya hamda Xitoyning G‘alabaga qo‘shga hissasi esdan chiqarib yuborilishi kerak emas, deb hisoblaydi, dedi dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda XXR TIV rasmiy vakili Chjao Liszan.

Rossiya TIV Oq uyning natsizm g‘oliblari haqida aytilgan gapiga e’tiroz bildirdi

"Joriy yilda Ikkinchi jahon urushida erishilgan G‘alabaning va BMT tashkil topganining 75 yilligi nishonlanmoqda. Ikkita asosiy g‘olib-davlat va BMT XK doimiy a’zolari sifatida Xitoy va Rossiya Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha keng omma tan olgan fikrlarga sobit qolish tarafdoridir, biz tarix qayta ko‘chirilishiga qarshimiz", - deb ta’kidladi diplomat.

U shuningdek, yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida XXR raisi Si Szinpin Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan falokat bo‘lganini, Rossiya va Xitoy tomonidan ulkan qurbonlar bo‘lganini va bu ikki davlat G‘alaba va insoniyat omonligi uchun ulkan hissa qo‘shganini ta’kidlab, ushbu tarixiy fakt unutilib ketmasligi lozimligini qayd etgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolari Ikkinchi jahon urushi natijalari himoyasini , xalqaro adolat va xolislikni ta’minlashlari, multilateralizmni qo‘llab-quvvatlab, hozirda dunyoda mavjud tartibotni saqlab qolish va global miqyosda rivojlantirishga hissa qo‘shishlari lozim, deb hisoblaydi.