Toshkentda G‘alaba bog‘i ochildi – video

Toshkentning Olmazor tumanida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan “G‘alaba” memorial majmuasi ochildi.
Sputnik

Koronavirus pandemiyasi tufayli 9-may bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni bekor qilishga to‘g‘ri keldi, lekin G‘alaba bog‘i millionlab kishilar uchun muhim bo‘lgan ushbu kunda ochildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” memoriali poyiga gul qo‘yib veteranlarni ushbu muqaddas bayram bilan tabrikladi.

G‘alaba bog‘iga Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev ham tashrif buyurdi. Rossiyalik diplomat uchun yangi bog‘ bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Turdenev majmuani tomosha qilib, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi va faxriy mehmonlar kitobida estadil yozuvi qoldirdi.

G‘alaba bog‘ini loyihalarshtirishda O‘zbekistonga Rossiya va Belarus mutaxassislari yordam bergan. G‘alaba bog‘i 6ta bosqichga bo‘lingan bo‘lib u Urushning 6ta bosqichini va o‘zbek xalqining umumiy G‘alabaga qo‘shgan hissasini aks etadi.

Sizni ham Yangi G‘alaba bog‘i bo‘ylab videoekskursiyaga taklif etamiz.