9 May sobiq Ittifoq hududida qanday nishonlandi – foto

Sputnik

Koronavirus pandemiyasi tufayli tantanali tadbirlar cheklangan shaklda bo‘lib o‘tdi. “O‘lmas polk” esa onlayn o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi.

Davlat rahbari ushbu shonli sana munosabati bilan poytaxtimizda barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi va “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi bilan barcha faxriylarni, o‘zbek xalqini tabrikladi.

G‘alabaning 75-yilligi qanday nishonlangani Sputnik fotojamlanmasida.

1 / 10
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabri yonidagi Qahramon shaharlar xiyoboniga gul qo‘ydi.
2 / 10
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi bilan barcha faxriylarni, o‘zbek xalqini tabrikladi.
3 / 10
Moldovada G‘alabaning 74-yilligi kuni "Sherpenskiy pladsarm" yodgorlik majmuasida 1944-yilda Moldovani ozod qilishda halok bo‘lgan Qizil armiyaning 45 nafar askarining qoldiqlarini qayta ko‘mishning tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Igor Dodon ishtirok etdi.
4 / 10
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni Azi Aslanov qabriga tashrif buyurdi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
5 / 10
Belarusda Ulug‘ Vatan urushida jon fido qilganlar xotirasida hurmat bajo keltirildi.
6 / 10
Armaniston prezidenti Armen Sarkisan Yerevandagi G‘alaba bog‘ida Mangu olovga gul qo‘ydi.
7 / 10
Bishkekdagi G‘alaba maydonida Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi.
8 / 10
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Tojikiston yuqori parlamentini raisi, Dushanbe shahri hokimi Rustam Emomali G‘alaba bog‘ida gulchambar qo‘ydi.
9 / 10
Litvada "O‘lmas polk" tashkilotchisi Margarita Dragile Ozod qiluvchilar yodgorligiga qamalda qolgan buvisining surati bilan keldi.
10 / 10
Litvada karantin bo‘lishiga qaramasdan poytaxt aholisi urushda o‘z jonini qurbon qilgan sovet jangchilari yodgorligiga gul qo‘yishdi.