O‘zbekistonliklar Buyuk G‘alabaga hissa qo‘shgan ota-bobolarini xotirlashmoqda

O‘zbekistonliklarning aksariyati uchun 9-may - bu xotira kuni, shu bois aksariyat internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda Ulug‘ Vatan urushida qatnashgan ota-bobolari suratlari bilan bo‘lishmoqdalar
Sputnik

TOShKENT, 9-may - Sputnik. Ikkinchi jahon urushida G‘alaba qozonilgan kun - eng sevimli va qadrli bayramlardan biridir. Shu kunda aksariyat o‘zbekistonliklar G‘alaba uchun jon fido qilgan yaqinlarini xotirlashadi va hayot bo‘lgan veteranlar holidan xabar olib, ularning ko‘ngillarini shod aylaydilar.

Aksariyat o‘zbekistonlik foydalanuvchilar o‘z qahramon qarindoshlarining fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylaydi.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev bobolari haqida post qoldirgan. 

Internet foydalanuvchilari nafaqat o‘z yaqinlari suratlari, balki urush qatnashchilari olgan orden va medallar haqida ham post yozmoqdalar.