Qirg‘iziston TIV Tojikiston elchisiga protest notasini topshirdi

Qirg‘iziston TIV Tojikiston harbiy xizmatchilari va fuqarolarining qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni beqarorlashtirishga olib keladigan provokatsion harakatlaridan xavotir bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Qirg‘izistondagi Tojikiston elchisiga Qirg‘iziston harbiy xizmatchilari va fuqarolarini avtomatdan, shu jumladan minomot qurolidan o‘qqa tutilishi munosabati bilan norozilik notasi topshirildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat TIVga asosan xabar qildi.

Tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro yuz berdi

“9 may kuni Qirg‘izistondagi Tojikiston elchisi Nazirmad Alizoda tojik-qirg‘iz davlat chegarasi uchastkasida yuz bergan hodisa yuzasidan TIVga chaqirtirildi”, - deyilgan xabarda.

Qirg‘iziston harbiy xizmatchilar va fuqarolariga qarata o‘t ochilganligi sababli tojikistonlik diplomatga norozilik notasi topshirildi. Kuni kecha yuz bergan mojaroda chegara xizmatining uch xodimi va bir nafar fuqarosi yaralandi.

TIV tojikistonlik harbiylar va fuqarolarning qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni izdan chiqarishga olib keladigan provokatsion harakatlaridan xavotir bildirdi.