Toshkentlik maktab o‘quvchilari urush qahramonlarini tabriklashdi - video

Toshkent shahar Sergeli tumani 300-sonli maktab “Vatanparvar” to‘garagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan videoroliklarni tayyorlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Toshkent shahar Sergeli tumani 300-sonli maktabning “Vatanparvar” to‘garagi qatnashchilari Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini tabrikladilar.

Tarbriklar videoroliklar shaklida yo‘naltirildi. 

Mudofaa vazirligi Markaziy faxriylar kengashi raisining o‘rinbosari, iste’fodagi podpolkovnik Talbabayev Erkin ushbu to‘garaklarning ishida faol ishtirok etmoqda.

Bu yil Ulug‘ Vatan Urushi g‘alabasi va Germaniya fashistlarining tor-mor qilishiga 75-yil to‘ldi.

1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yog‘dirgan ushbu urush qalblarda mangu saqlanib qoladi va janglarda jonbozlik ko‘rsatgan ajdodlarning xotirasi aslo o‘chmaydi.

9 may kuni O‘zbekiston butun dunyo bilan birgalikda zamonaviy tarixdagi eng muhim sana - fashistik Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlaydi.

Respublikada 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida o‘tkaziladi.