Kamilov raisligida MDH TIV rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan, deb xabar qiladi tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
Sputnik

TOShKENT, 9-may - Sputnik. 2020-yilning 12-may kuni O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

MDH tashqi ishlar vazirlari muzokaralarni onlayn rejimda o‘tkazadi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir chog‘ida xalqaro kun tartibining va Hamdo‘stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019-yilga mo‘ljallangan ko‘p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishini va 2020-yil uchun Rejani, shuningdek koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo‘llarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.