TOShKENT, 9-may — Sputnik. Hozirgi sharoitda buyuk derjavalar o‘rtasida urush yuz berishi ehtimoli juda kam, chunki davlatlar dunyoni boshqarish uchun raqobat kurashiga kirishmoqchi emas, dedi xalqaro munosabatlar sohasidagi ekspert, London iqtisod va siyosat fanlari maktabining siyosatshunoslik fanlari bo‘yicha faxriy professori Barri Buzan.
"O‘ylaymanki, yadroviy qurol va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa qimmatbaho turlari buyuk derjavalar o‘rtasidagi urush ehtimolini ahmoqona, deb bo‘lmasada, ammo ongga zid bir holatga keltirgan. Bu degani urush ehtimoli yo‘q, degani emas. Bunday urush ro‘y berishi mumkinligi ehtimoli hamisha saqlanib qoladi, lekin uning ehtimoli juda kam bo‘ladi", — dedi Buzan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo harbiy liniyadan uning inson ongiga zidligi sababli ham voz kecha boshlagan. Ayni sharoitlarda boshqa qarama-qarshi muammo paydo bo‘lgan - "endi hech kim dunyoni boshqarishni istamayapti".
"AQSh taslim bo‘layotgandek, nazarimda, xitoyliklar, o‘zlarini hali ham rivojlanayotgan davlatligini ro‘kach qilib ishlashni xohlamayapti, ular bunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor emas, Hindiston ham deyarli xitoynikiga o‘xshash signalni yubormoqda, YeI asosan o‘z muammolari girdobida, Rossiyaning esa mablag‘i yetarli emas", — deb ta’kidladi ekspert.
Uning fikricha, hech kim dunyoni boshqarishda raqobatlashmoqchi emas, "urush esa aynan shu tufayli ro‘y bermoqda", - deydi ishonch bilan Buzan.