O‘zbekiston Tojikistonga ko‘chma tibbiy konteynerlarni jo‘natdi

Tibbiy konteynerlar koronavirus pandemiyasi vaqtida ko‘chma gospital sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan 144 dona ko‘chma tibbiy konteynerni insonparvarlik yordami sifatida Tojikistonga yuborish haqida hukumatga topshiriq berdi, deb xabar beradi “Avesta” nashri.

Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

Bugun ertalab konteynerlar yuk poyezdi bilan Dushanbega yetkazib berildi.

Ta’kidlanishicha, konteynerlar koronavirus pandemiyasi vaqtida ko‘chma gospital sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Bemorlarni qabul qilish uchun yetarli joy bo‘lmagan kasalxonalarga yordam berishi kerak. Konteynerda karavot, dush, sanuzel va konditsioner mavjud.

Konteynerlar “Bofanda” stadioniga yetkazib berish rejalashtirilmoqda, u yerda ko‘chma shifoxona tashkil qilinadi.