Urush paytida taniqli o‘zbek jurnalisti va tarjimoni Said-G‘ani Valiyev ko‘p bolali ota bo‘lganligi sababli u Markaziy qo‘mitadan bron olganiga qaramay frontga ko‘ngilli bo‘lib ketdi. Uning o‘zi frontga - Ulug‘ Vatan urushining eng o‘chog‘iga, Stalingrad yaqiniga yuborilishini so‘radi. 75-yil o‘tgach, qizlaridan biri Dilbar Valiyeva otasini eslaydi.
"Partiya Markaziy Qo‘mitasi unga bron berishiga qaramay, u o‘z ixtiyori bilan urushga borishga qaror qildi. U onamga:" Men frontdan qaytgan odamlarning ko‘ziga qanday qarayman?", -deb aytgan. "Hudo hoxlasa!" (Yaqinda uchrashamiz!). Ammo bu amalga oshmadi", - deb eslaydi Dilbar Valiyeva.
Uning otasi 1942-yil kuzida Stalingrad janglarida haloq bo‘lgan. "Mamayev Kurgan" yodgorlik majmuasi xodimlari Said-Gani Valiyevning nomi shaharni himoya qilgan qahramonlar ro‘yxatida qayd etilganligini habar qilishgan. Ammo dafn qilingan joyini aniqlashning iloji yo‘q - juda shavqatsiz janglar bo‘lgan, u yerda askarlar butun vzvodlab halok bo‘lgan.
Urush qahramoni qizining so‘zlariga ko‘ra, respublika hukumati ularning besh farzandli oilasiga yordam bergan. Ularning barchasi oliy ma’lumotli bo‘lib, o‘z mamlakatiga fan va jurnalistikada turli lavozimlarda xizmat qilishgan.
"Bizning dadamiz doim yodimizda va biz u bilan faxrlanamiz. Xudo hammamizga osoyishtalikni, barcha xalqlar tinch va do‘stona hayot kechirishini nasib qilsin", - deya so‘zini yakunladi Dilbar Valiyeva.
G‘alaba uchun o‘z jonini fido qilgan Stalingrad himoyachisining tarixini bizning "Front yo‘qlamasi" turkumidagi videoda tomosha qiling.
"Front yo‘qlamasi" loyihasi – Yaqin xorij Sputnik matbuot-xizmatlarining an’anaviy loyihasidir.