Tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro yuz berdi

Tojik-qirg‘iz chegarasida Batken viloyatining Chek uchastka joyidagi 50 sotix yerdan foydalanish masalasida mojaro kelib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bugun qirg‘iz-tojik chegarasida mojaro yuz berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat davlat chegara xizmatiga asosan xabar qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari Sardoba suv ombori masalasini ko‘rib chiqdi

Chegarachilar ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara oldi tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida Batken viloyatining Chek uchastka joyi 50 sotix yerdan foydalanish masalasida mojaro kelib chiqdi.

“Bu uchastka ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, biroq aslida qirg‘iz tomondan foydalanilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston har ikkila tomondan 30-40 fuqaro bir-biriga tosh otishni boshlagan. Hodisa vaqtida ov qurolidan o‘q uzish ovozi eshitildi. Mojaro avj olishining oldini olish uchun Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari bir necha marta havoga qarata ogohlantiruv o‘qlarini otdilar”, - deyilgan xabarda.

Tojikistondagi manba ma’lum qilishicha, qirg‘iz tomondan ov miltig‘idan o‘q otilgan.

Tojikiston Isfara shahri matbuot kotibi Iqbol Teshayevning so‘zlariga ko‘ra, ikki tojikistonlik yaralandi.

O‘zbekiston Tojikistonga COVID-19ga qarshi kurashda qanday yordam berishi mumkin

Shundan so‘ng bir muncha vaqtga vaziyat tinchlandi. Ikki respublikaning chegaradosh hududlari aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Biroq Tojikiston MXQ ChQ chegarachilari kutilmaganda qirg‘iz chegarachilari va fuqarolariga qarata minamotdan o‘q uzdilar.

Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uch chegara xizmatchisi turli darajada yaralandi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ikki tomon MXX, chegara, IIV vakillari vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida uchrashuv o‘tkazmoqda.