Alisher Usmonov Sardoba hodisasi oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 mln $ ajratdi

Ushbu mablag‘lar falokatdan jabrlangan 5202 oila boshliqlari shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilishi aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatidagi to‘g‘on o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 million dollar mablag‘ ajratmoqda.

Sardoba raqamlarda

Ularning 5 million dollari - O‘zbekistonga ajratiladi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar. Turkiston viloyati akimligi esa 5 million dollar mablag‘ Qozog‘istonga ajratilishini ma’lum qilgan.

"Ushbu pul mablag‘lari jabr chekkan fuqarolar - 5202 oilalar boshliqlari hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida 1-may kuni Sardobada to‘g‘on o‘pirilishi yuzaga kelgan edi.

Sardobadagi to‘g‘on o‘pirilishi: yozda suv yetadimi, yer ahvoli ne kechadi — ekolog izohi >>>

Texnogen avariya oqibatida bir necha aholi yashash punktlari million kubometr loy ostida qolgan. Oqim o‘z yo‘lida xususiy uylarning aksariyatini yo‘q qilgan, 8ta bolalar bog‘chasi, 16ta maktab, 7ta tibbiy muassasa, bitta kollej, 7ta qabriston, 3ta masjid va 13ta respublika ahamiyatiga molik ko‘priklarga zarar yetgan. Yo‘llarni suv yuvib ketgan, dehqon bozori yo‘q qilingan.

Afsuski, nafaqat obyektlar balki insonlar hayotiga ham chang solindi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.