AQShdagi MDH elchilari G‘alaba kuniga bag‘ishlab qo‘shma bayonot qabul qildilar

G‘alaba e’lon qilingan 1945-yilda dunyo xaloskor-jangchilarga tasannolar aytib, samimiyat bilan qaragan edi. Bizning umumiy burchimiz - o‘sha voqealar haqida tarixiy haqiqatni saqlash va qat’iy himoya qilish, deyiladi bayonotda
Sputnik

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Vashingtondagi MDH mamlakatlari elchilari G‘alaba kuniga bag‘ishlab qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Bayonotni AQShdagi Rossiya elchisi Anatoliy Antonov, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, shuningdek, Turkmaniston elchilari imzolaganlar.

Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi

"Yetmish besh yil avval Birlashgan millatlar vakillari dunyoni xavfli xatar - natsizm balosidan qutqardilar. SSSR xalqlari misli ko‘rilmagan qahramonlik ila qarshilik ko‘rsatib, Ulug‘ Vatan urushida nafaqat dushmanga qarshi olishuvda oxirigacha tik turdilar, balki, fido etilgan o‘nlab million umrlar evaziga kelajak avlodlar uchun tinch kelajakni ta’minlab berdilar", - deyiladi elchilarning qo‘shma bayonotida.

"G‘alaba e’lon qilingan 1945-yilda dunyo xaloskor-jangchilarga tasannolar aytib, samimiyat bilan qaragan edi. Bizning umumiy burchimiz - o‘sha voqealar haqida tarixiy haqiqatni saqlash va qat’iy himoya qilish, mustaqillik va qullikdan qutqarish, butun boshli mamlakatlar va xalqlarni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlash, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, ozodlik va tenglik ideallari g‘alaba qozonishi uchun jon fido qilganlarga hurmat bajo keltirish va Ikkinchi jahon urushi saboqlari va qurbonlari haqida avloddan-avlodga yetkazishdir" - deyiladi bayonotda.

Diplomatlar shu kunlarda sovet va amerika armiyalarining jon fido etgan askarlari, front orti faxriylarini yod etishayotganini qo‘shimcha qildilar. "Ular XXI asrda ham biz uchun fidoyilik, oliy maqsad uchun quroldosh birodarlik va hamkorlik namunasi bo‘lib qoladilar", - deb qayd etgan elchilar.