O‘zbekistonda yana 33 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘tgan tun davomida yana 33 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. O‘zbekistondagi holatlar soni 2266 taga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yana 33 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“2020 yil 7-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2266 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Karantindan so‘ng koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinmi?

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 1577 kishi butunlay sog‘ayib ketgan. 10 kishi esa vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 3, 7 milliondan ziyod kishi COVID-19 yuqtirib olgan. Shulardan 1,2 milliondan ziyod tuzalib ketgan. 264 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlarida koronavirus bilan bog‘liq Qozog‘istonda  4 422, Qirg‘izistonda 871, Tojikistonda esa 379 ta holat aniqlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston mintaqadagi ushbu kasallikdan xoli yagona davlat bo‘lib qolmoqda.