TOShKENT, 7-may - Sputnik. Turkiy tilli davlatlar xonandalari Hulkar Abdullayevaning "Paqa-paq" qo‘shig‘ini Zoom orqali birgalikda ijro etishdi. Bu haqida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar qildi.
Ushbu onlayn tadbir "Xiva shahrining 2020-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilgan. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston, Turkmaniston, Turkiya, Qrim, Moldova, Kabarda-Balkariya, O‘zbekiston san’atkorlari Zoom dasturi orqali Hulkar Abdullayevaga jo‘r bo‘lib, kuylashdi.
Eslatib o‘tamiz, Turksoy Madaniyat vazirlari kengashi 2019-yilning 2-dekabr kuni Xiva shahri "2020 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti" deb e’lon qilingan edi. Turksoy kengashiga Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, Turkmaniston vakillari kiradi.