Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida yangi tayinlov

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Hukumat qarori (270-son, 06.05.2020 y.) bilan Baxtiyor Baxodirovich Kamalov Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni aniqlaydi, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.