Sirdaryoda Xalq qabulxonalari vakillari uyma-uy yurib aholi ko‘rgan zararni aniqlamoqda

Sirdaryodagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholi muammolarining hal qilinishi Prezident administratsiyasi tomonidan nazorat qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Sirdaryoda xalq qabulxonalari vakillari uyma-uy yurib aholi kuo‘rgan zararni hisoblab chiqmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Butun Respublikadan chaqirilgan Xalq qabulxonalari xodimlari, ofatdan zarar ko‘rgan har bir xonadonga borib, oilalarning turar-joylari va molk-mulklariga yetkazilgan zararlar aniqmoqda. Uyma-uy yurish orqali har bir oilaning turar-joylari, qo‘shimcha binolari (oshxona, omborxona, molxona, hammom, tandirxona, garaj va boshqalar), maishiy buyumlari, transport vositalari, qoramollari, otlari, qo‘y-echkilari, parrandalari, bog‘lari, isiqxonalariga yetkazilgan zararlar hamda yo‘qolgan hujjatlari aniqlanmoqda.

Bugungi kunga qadar (7 may) ishchi guruhlar Sardoba tumanining “Qo‘rg‘ontepa”, Oqoltin tumanining “Ahillik” va “Sahovat” mahallalardagi 1300 dan ortiq xonadonlar o‘rganilib, birinchi kunlardayoq 1000 ga yaqin oila kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan idish-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, gigiyenik vositalar hamda issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlandi, - deyilgan xabarda.

Shu bilan bir qatorda hududlarda tozalash, ta’mirlash va qurilish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda joylarda chiqindilarni olib chiqish, yo‘llarni ta’mirlash, aholini suv, elektroenergiya va gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish ishlari ketmoqda. Jami bu ishlarga 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3.5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.

Sirdaryoda Xalq qabulxonalari vakillari uyma-uy yurib aholi ko‘rgan zararni aniqlamoqda

Eslatib o‘tamiz, Sardobadan suv toshishi oqibatida zarar ko‘rgan 24ta mahallada vaziyatni o‘rganish uchun Prezident administratsiyasi tomonidan tomonidan tezkor shtab tashkil qilingan va shtab qoshida yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta ishchi guruhlari tuzilib, uning tarkibiga Prezident Xalq qabulxonalari, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Yermulkkadastr xodimlari kiritilgan edi.

Sirdaryoda Xalq qabulxonalari vakillari uyma-uy yurib aholi ko‘rgan zararni aniqlamoqda