TOShKENT, 7-may — Sputnik. Veronika Krasheninnikova. “Muddatidan oldin aksil-fashist bo‘lganlar" - Amerika rasmiylari va xavfsizlik idoralari AQSh hukumati fashistik Italiya va fashist Germaniyasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan bir paytlarda fashizmga qarshi kurashgan odamlarni shu tarzda istehzo bilan atashgan. O‘sha "ertaki"lar orasida millatlararo brigadalar a’zolari, ular qatorida Avraam Linkoln nomidagi Amerika brigadasi, bu brigada Respublika tomonida general Frankoning fashistik to‘ntarishiga qarshi kurash uchun Ispaniyaga ketgan. Eslatib o‘taman, bu 1936-yil edi - "muddatidan oldin": urush ochiqchasiga davom etayotgan edi va Gitler Mussolini bilan birgalikda Frankoni tirik kuch va texnika bilan ta’minlardi, shu jumladan Germaniyaning Kondor aviatsion Legioni va italiyalik ko‘ngillilar korpuslari.
"Kembridj beshligi" qatnashchilari esa boshqalardan oldinroq, o‘ttizinchi yillarning boshlaridayoq Yevropaga qanday xavf kelayotganini tushunishdi. Buni nafaqat ular, balki dunyodagi, ayniqsa Sovet Ittifoqidagi o‘n minglab boshqa ma’lumotli odamlarni tushunishdi. Kapital qonunlarining ilmiy tahlili uning harakatlarining aniq prognozini bergan. 1867-yildan boshlab, o‘qishni bilgan va ushbu masala bilan qiziqqan har bir inson, kapital "100 foiz daromad ko‘riladigan bo‘lsa insoniylikning barcha qonunlari buziladi, 300 foizda esa, inson hatto o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadigan jinoyatdan ham toyinmashini" bilgan. Bu Marksning "Kapital"idan iqtibosdir, buni har ehtimolga qarshi eslatib o‘taman.
Fashizmga qarshi kurash jamiyatning sotsialistik tuzilishi, adolatli tinchlikka intilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda faqat Sovet Ittifoqi nafrat va zo‘ravonlik mafkurasiga nisbatan prinsipial pozitsiyani egallagan. G‘arb kapitalizmi, garchi u sotsial-demokratiya ko‘rinishidagi "insoniy yuzga" ega bo‘lsa ham, kapital manfaatlariga osongina berilib ketib "murosaga" kelgan. Ba’zida bunday murosalar ko‘proq kollaboratsionizmga o‘xshab ketgan: sotsial-demokratlar sheriklarga aylangan, Germaniyaning SDPG partiyasi rahbari Fridrix Ebert 1918-yilda reyxskansler, keyin esa 1919-yilda reyxsprezidenti bo‘lgani kabi: u Spartak kommunistik ittifoqining kuchayib borayotgan ta’siridan qo‘rqib, armiya bilan yashirin bitim tuzdi va natijada armiya spartakchilarning qo‘zg‘olonini shafqatsizlarcha bostirdi. NSDAPga esa Ebert hukumati ancha jiddiy munosabatda bo‘ldi - "qizil vabo"ga qarshi kurashuvchi kuch sifatida.
Tarix "muddatdan oldingi aksil-fashistlar" haq bo‘lganini isbotladi. Agar G‘arbda, ayniqsa hukumatlarda ko‘proq odamlar shunday fikriga qo‘shilgan bo‘lganida edi, Sovet Ittifoqi bunday katta yo‘qotishlarga duch kelmagan bo‘lardi.
Bugun esa nimalar ro‘y berapti? Kim Filbi va uning minglab hamfikrlari bugungi kunda nima uchun kurashgan bo‘lar edi?
Yigirma yildan ortiq AQSh va boshqa mamlakatlarda noqonuniy razvedka agenti sifatida ishlagan razvedka faxriysi Andrey Bezrukov, "Izvestiya"dagi "Kim Filbi hizmat sadoqatining fenomeni" nomli maqolasida shunday yozadi: "Razvedka, lakmus qog‘ozi kabi haqiqatning bor-yo‘qligini sezadi. Haqiqat tarafida bo‘lish - uning eng kuchli quroli". Va nafaqat razvedka uchun, balki davlat uchun ham muvaffaqiyat formulasini beradi: "Agar mamlakatga xizmat qilishga tayyor bo‘lishsa, ayniqsa, chet elliklar tayyor bo‘lsa, u to‘g‘ri yo‘lda. Razvedka nafaqat aql-idroklar kurashi, balki yuraklar kurashi. Yuksak vatanparvarlik g‘oyasi bo‘lmasa, razvedka Vatanga hizmatdan juda zarur, ammo g‘alaba uchun yetarli bo‘lmagan shunchaki maxfiy mahoratga aylanib qoladi".
Fashistlar Uchinchi Reyxi 75-yil oldin mag‘lub bo‘ldi. Ammo fashizm mafkurasi moliya kapitalining eng reaksion doiralari vositasi sifatida yo‘qolib ketishi mumkin emas edi. Va nazariy va tarixiy nuqtayi nazardan yahshi ma’lumki, iqtisodiy inqiroz davrida qarama-qarshiliklar yanada keskinlashadi va kapitalizm keskin o‘ng tomonga intiladi. Shu sababli, yangi shakl va g‘oyalarga o‘tuvchi bu mafkuraga qarshi kurash, Yevropada 1930-yillarda bo‘lgani kabi, bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan doimiy jarayondir.
"Fashizmning xalqqa ta’sir qilishi manbai nimada? Fashizm odamlarni o‘ziga jalb qila oladi, chunki bu ularning favqulodda ehtiyojlari va talablariga demogogik ravishda e’tibor qaratadi. Fashizm nafaqat omma ichida chuqur ildiz otgan xurofotlarni qo‘zg‘atibgina qolmay, balki ommaning eng yaxshi tuyg‘ulari va adolat hissiga va ba’zan hatto ularning inqilobiy an’analariga ham ta’sirini o‘tkazadi".
Agar "demagogiya" so‘zining o‘rniga "populizm" bo‘lganda edi, siz bu ibora bugun aytilgan deb aytgan bo‘lardiz. Ammo unday emas. Bu Georgiy Dimitrovning 1935-yilda bo‘lib o‘tgan VII Jahon Kominterni Kongressidagi ma’ruzasi.
Davom etamiz: "Va mayda burjua ommalari, hatto muhtojlikdan, ishsizlikdan va tirikchiligining ta’minlanmaganligidan umidsizlikka tushib qolgan ishchilarning bir qismi, fashizmning ijtimoiy va shovinistik demagogiyasining qurboni bo‘ldi".
Dimitrovning hisoboti bugungi kunda shunchalar dolzarbdurki, dahshatga tushish qiyin emas. So‘nggi yillarda aksariyat Yevropa mamlakatlarida shunga o‘xshash jarayonlarni ko‘rmoqdamiz. Koronavirus pandemiyasidan keyin yuzaga keladigan iqtisodiy inqiroz davlatlar o‘rtasidagi va uning ichidagi qarama-qarshiliklarni kuchaytirishiga shak-shubha yo‘q.
Albatta, XXI asrda fashizm yangi shakllar, yangi tushuncha va harakatlar yo‘nalishlariga ega bo‘ldi. Faqatgina Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlarida radikallar Banderaning o‘sha-o‘sha bayroqlari ko‘tarmoqdalar, o‘z SS legionlari kiyimini kiyib svastikalar va mash’alalar bilan saflanib yurishipti. Ammo hozirgi ekstremistlarning aksariyati endi skinxed (taqirboshlar) emas, sochlarini o‘stirishgan, munosib liboslar kiyib, "vatanparvarlik" tashkilotlarini tuzib, hokimiyat tepasiga kelishgan.
Osvensimning sobiq asiri Primo Levi, "yangi fashizmning <…> oyog‘ining uchida kirib kelishi va o‘zini boshqa nomlar bilan nomlashi" haqida ogohlantirgan.
Rossiyada natsizm va fashizm tushunchalari tarixan gitlerchi Uchinchi Reyx, Mussolini va Franko rejimlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Urushdan keyingi fashizmning "yangilangan qiyofasi" bizda deyarli ma’lum emas. Va shuning uchun zamonaviy G‘arbning "yangi fashistlari" o‘zlarini Rossiyaning "do‘stlari" sifatida ko‘rsatishga urinishlari rossiyaliklarning tarixi va milliy ongiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy haqoratdir.
Biz G‘alaba kunini nishonlamoqdamiz, halok bo‘lganlarni eslab ularning yirik qurbonliklar uchun ularga minnatdorchilik bildirapmiz. Biroq, bu yetarli emas. Biz G‘alabamiz va o‘zimizni eski yovuzlikni yangi shakllarda tiklanishidan himoya qilishimiz uchun nafrat va zo‘ravonlik mafkurasining bugungi shakllarini bilishimiz shart.
Manba: RIA Novosti.